Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institut vakillari "Uzkimyosanoatloyiha" AJda bo’ldilar
Qurilish va kommunal sohalardagi ishlar samaradorligini oshirishda inson resursining katta ahamiyati bor. Shu bois mazkur yo’nalishda ishchi-xodimlarning malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Davlatimiz rahbarining 151-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 460-son qaroriga asosan c tomonidan qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohalari vakillarini malakasini oshirish, yangi va zamonaviy ko'nikmalarni shakllantirish hamda malaka sertifikati bilan ta'minlash maqsadida o'quv kurslari tashkil etib kelinayotgani haqida xabaringiz bor.
Kuni kecha institut vakillari "Uzkimyosanoatloyiha" AJda bo’ldilar. Tadbirda GIP, GAP, mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislar, texnologlar, qurilish bo’limi mutaxassislari, elektriklar va bosh reja bo’limi mutaxassislari qatnashdilar.
Unda mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishning bugungi kundagi ahamiyati, sertifikatlashtirish tartibi va o’quv kurslari bo’yicha tashkiliy masalalar haqida so'z bordi. Shu bilan birga institutda tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida atroflicha ma'lumot berildi.




