UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Халқаро ҳамкорлик

Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida Jahon banki vakolatxonasi hamda vazirlik mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida Jahon banki vakolatxonasi hamda vazirlik mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur tadbirdan maqsad sohada geofazoviy ma'lumotlarni tayyorlash va ularni milliy fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi platformasiga integratsiya qilishdan iborat.

Uchrashuvda mehmonlardan shaharsozlik sohasi bo'yicha mutaxassis Mohammed Nada,  Jahon banki maslahatchilari Gerxard van ‘t Land hamda Habibullo Negmatullayevlar ishtirok etishdi. Vazirlikning Arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Aziz Usmonov, Loyiha faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi rahbari Sherzod Odilov boshchiligidagi mutasaddilar ular bilan fikr almashdilar. 

Jarayonda manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish borasida mulohazalar bildirildi. Xususan, Jahon banki eksperti “Milliy fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi” yagona platformasini yaratishni nazarda tutuvchi loyiha haqida qisqacha ma’lumot berdi, buning uchun ma’lumotlar barcha manfaatdor vazirlik va idoralardan yig'ilishini hamda bir joyda integratsiya qilinishini ta'kidladi. Bundan tashqari ushbu platforma shaffof va barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo'lishi rejalashtirilayotgani aytildi.

Uchrashuv so'nggida Jahon banki, Kadastr agentligi va vazirlik mutaxassislari kelgusida ham ishlarni hamkorlikda davom ettirish bo'yicha kelishib olishdi.