UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Kuni kecha vazir o'rinbosari Davronjon Adilov hamda Savdo sanoat palatasi raisi Davron Vahobov boshchiligida qurilish sohasida mehnat qilayotgan bir qator tadbirkorlarning murojaatlari qabul qilindi

Mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilib, ularning muammo va takliflarini o'rganish maqsadida ochiq muloqotlar tashkil etib kelinmoqda. Xususan, qurilish va kommunal sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan onlayn uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. 

Kuni kecha vazir o'rinbosari Davronjon Adilov hamda Savdo sanoat palatasi raisi Davron Vahobov boshchiligida qurilish sohasida mehnat qilayotgan bir qator tadbirkorlarning murojaatlari qabul qilindi. 

Uchrashuvda ta'kidlanganidek, vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan reyting platformasida 2022-yilda jami 20 140 ta ta qurilish pudrat tashkilotlari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi davrga kelib ularning soni 23 576 taga ko‘paydi. Inson omilining bartaraf etilishi hamda ochiq va shaffof talablar belgilanishi natijasida qurilish pudrat tashkilotlari o‘rtasida raqobat muhiti tobora sog‘lomlashib bormoqda. 

Jumladan, bugungi kunga qadar:

- elektron tender platformasida jami 67 887 ta tenderlar o‘tkazilgan bo‘lib, ularda jami 13 811 ta tashkilotlar ishtirok etgan; 
- o‘tkazilgan tenderlarning jami qiymati 41 trln so‘mdan ortiq bo‘lib, ushbu tenderlarda 39,01 trln so‘mlik shartnomalar tuzilgan; 
- elektron tender platformasida tejab qolingan mablag‘lar 2 trln so‘mdan ortiqni tashkil etadi.

Ko‘rinib turibdiki, mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror o‘sib, qurilish sohasida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga hali yechimini kutayotgan masalalar ham talaygina. Uchrashuv ham ayni maqsadda sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda rivojlantirish, qurilish va loyiha tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan bir qator masalalar o'rtaga tashlandi. Takliflar o'zaro muhokamalarda ko'rib chiqildi. Tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni oldini olish yuzasidan tegishli mas'ullarga aniq topshiriqlar belgilandi.