UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Kuz-qish mavsumiga ko‘p kvartirali uylarni tayyorlash – muhim va dolzarb vazifa

Har yili yurtimizda ob-havo sharoiti keskin o‘zgaradi. Ayniqsa, kuz va qish oylarida sovuq tushishi, yomg‘ir va qor yog‘ishi bilan birga ko‘plab kommunal infratuzilmalarga bosim kuchayadi. Shu sababli ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash dolzarb va mas’uliyatli vazifa hisoblanadi.

Ayni kunlarda Urganch shahri bo‘yicha dastur asosida 20 ta ko‘p kvartirali uylarni tam’irlash belgilangan. Jarayonlar 9 ta boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

“Xorazm shinam uylar” BSK xodimlari mavsumga tayyorgarlik ishlari doirasida Urganch shahri “Ko‘hna qal’a” mahallasidagi ko‘p kvartirali uylarning yo‘laklarini ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda.

Bu jarayonga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimiz esa mahalla obodligiga hissa qo‘shishyapti.