KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK BO’YICHA MUHIM MASALALARGA EʼTIBOR QARATILDI
Bugun Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda ko‘p kvartirali turar-joy fondini 2024-2025-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda boshqaruv tashkilotlarining debitor qarzdorliklarini qisqartirish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Yig‘ilishda viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi mas’ullari, ko’p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va BSK hamda shirkatlarning rahbarlariga aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Maʼlumot o‘rnida:
Ayni paytda Navoiy viloyatida mavjud 2 008 ta ko‘p qavatli uy-joylarga 64 ta boshqaruv servis kompaniyalari hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda.




