Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
2024-10-14
Sirdaryo viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish va qish mavsumini betalofat o'tkazish bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Shu qatorda Shirin shahridagi "Bunyodkor" va "Do'stlik" MFYlar hududida joylashgan ko'p qavatli uylarning tomi, kirish yo'laklari, fasad qismlari, elektr shitlar va yerto'lasi ta'mirlanib, aholiga yanada qulaylik yaratib berilmoqda.