Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
Xabar berib kelayotganimizdek, Toshkent viloyatining barcha hududlarida koʻp kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Quyichirchiq, Olmaliq, Bo‘stonliq, Yangiyo‘l, Toshkent tumanlarida ham bu borada qator ishlar amalga oshirildi. Elektr shitlar ta’mirlandi, ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismidagi oqova suv quvurlari yangilanib, tartibga keltirildi. Markaziy oqova suv tarmoqlari ham maxsus texnika yordamida tortilib, oqova suvdagi tiqilishlar bartaraf etilmoqda.
Ma'lumot uchun, Toshkent viloyatida jami 5 033 ta ko‘p kvartirali uy mavjud bo'lib, 165 080 ta xonadondan iborat. Ushbu uylarga 94 ta boshqaruv servis kompaniyalari hamda 12 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida BSKlar tomonidan jami 26,5 mlrd so‘m mablag‘lar evaziga 2 025 ta ko‘p qavatli uy-joylarda ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.