Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida ko'p qavatli uyning tom qismi mukammal ta'mirdan chiqarildi
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida mavsumga tayyorgarlik ko'rish maqsadida bir nechta ko'p qavatli uylar davlat dasturiga kiritilgan bo'lib, shundan "Shodiyona" MFY Fazogirlar ko'chasida joylashgan 4-6 va 8-sonli ko'p qavatli uylar hamda "Ma'rifat" MFY Turkiston ko'chasida joylashgan 32-sonli ko'p qavatli uylarning tom qismlarida ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi.
Xususan, ko'p qavatli uyni ta'mirlash uchun "Yagona buyurtmachi xizmati" UK buyurtmachiligida quruvchi pudrat tashkiloti tanlab olinib, loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi va ko'p qavatli uylarning tom qismini mukkamal ta'mirlandi.



