Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrilmoqda…
Boshqa hududlar kabi Samarqand viloyatining barcha tumanlarida ham koʻp qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash boʻyicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Xususan, Samarqand shahridagi koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi “Nuriddin qurilish” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan Buyuk ipak yoʻli koʻchasidagi 12-sonli koʻp qavatli uyning 1000 kv.metr tom qismi izol qoplamasi bilan taʼmirlandi.
Shuningdek, ”BUSTONSAROY KOMUNAL” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ham Ibn Sino koʻchasidagi 1-sonli koʻp qavatli uyning fasad qismida taʼmirlash ishlari olib borildi.