UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Lift qurilmasi xavfsizlik nuqtai nazaridan toʻxtab qolgan

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Yashnobod tumani Normuhammedov dahasi 12-uyning liftida kuzatilgan holat yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi:

Mazkur holat vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva tomonidan joyiga chiqqan holda oʻrganildi. Taʼkidlanishicha, liftning to'xtash qavatiga kelganda sekinlashtirish funksiyasini amalga oshiruvchi datchik nosozligi tufayli o'z vaqtida kerakli signal yetib bormagan. Shu bois liftning himoya fuksiyasi ishlab, 2 va 3 qavatlar oraligʻida harakatlanishdan  toʻxtagan. 

Ko'p qavatli uyga xizmat ko'rsatuvchi "Eco hudud" va  liftlarning ekspluatatsiyasini shartnoma asosida amalga oshirib kelayotgan "Xavfsiz lift" tashkilotining 24/7 dispetcherlik xizmatiga kelib tushgan murojaat tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Voqea joyiga liftga xizmat koʻrsatuvchi tashkilot vakillari yetib kelib, aholini 4-5 daqiqa ichida chiqarib olishga muvaffaq boʻlgan. 

Ozoda Joʻrayeva muammoni keltirib chiqarayotgan sabablarni tub mohiyatiga yetish maqsadida Yashnobod tumani hokimi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo'mitasi vakillari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan holatni muhokama qildi. Bunda tizimni raqamlashtirish, kuzatuv mexanizmini yanada kuchaytirish lozimligi ta'kidlandi. Shuningdek, mas'ullarga, lift kabinalarida aloqa kanallarini yaxshilash yuzasidan aniq topshiriqlar belgilanib, mazkur holatlarning oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalaga oshirish lozimligi ta'kidlandi. 

Hozirda lift qurilmasi soz holatga keltirilgan.