UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Lift uskunalaridan foydalanishda Turkiya tajribasini o'rganish hamda Yevropa standartlarini O'zbekistonda joriy etish maqsadida tuzilgan ishchi guruh Turkiya davlatining Anqara shahrida bo'lib turibdi

Lift uskunalaridan foydalanishda Turkiya tajribasini o'rganish hamda Yevropa standartlarini O'zbekistonda joriy etish maqsadida tuzilgan ishchi guruh Turkiya davlatining Anqara shahrida bo'lib turibdi.

“Liftlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasini jahon talablari asosida takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan hamkorlik loyihasida vazirlikning ayni yo’nalishdagi mutaxassislari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Jarayonda liftlarga texnik xizmat ko’rsatish sohasini raqamlashtirish, dispetcherlik xizmati va tizimda professional mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan Turkiya tajribasi o’rganilmoqda. 

Shuningdek, mamlakatimiz delegatsiyasi Anqara shahridagi Turk standartlari institutida bo’lib, liftlar ekspluatatsiyasiga qo’yilgan majburiy talablar bilan yaqindan tanishmoqdalar.