Magistral yo‘lining bo‘yida aholiga hizmat ko‘rsatish shahobchalarini amalga oshirish so‘rovnomasiga TAKLIF
Loyiha nomi: Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida (keyingi o‘rinlarda – DXSh) Sirdaryo viloyati A-373 magistral yo‘lining Sayxunobod tumanidan o‘tgan O‘rikzor MFY hududidan o‘tgan 23 kilometr qismida yangi xizmat ko‘rsatish va servis loyihalarni amalga oshirish rejalashtirildi.
Shunga asosan, quyidagilar ma’lum qilinadi:
- Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (e’lon beruvchi) salohiyatli tadbirkorlarni, davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida “A-373 magistral yo‘lining 23 kilometr qismida yangi xizmat ko‘rsatish va servis loyihalarni amalga oshirish” loyihasini barpo etishda qiziqish bildirish so‘rovnomasiga taklif etadi.
Bunda, A-373 magistral yo‘l bo‘yichdan samarali foydalanish maqsadida, belgilangan loyiha hududida tayyorlangan “bosh reja eksplikatsiyasi” takliflariga ko‘ra (taqdim etiladi) DXSh tamoyillilari asosida maishiy-savdo shahobchalarini moliyalashtirish, qurish, boshqarish va aholiga servis xizmatlarini ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi.
- Manfaatdor ishtirokchilar o‘zlari haqida toʻliq maʼlumotlarni, ya’ni kompaniya profili, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan loyihalar boʻyicha batafsil maʼlumotlarni, loyihalarni barpo etish bilan bog‘liq shartlarini hisobga olgan holda tijorat takliflarini taqdim etish, shuningdek, sheriklik asosida ulushli ishtirok etish shartlarini taqdim etishlari shart.
Zaruriy malaka va tegishli tajribani aks ettiruvchi portfolio, jumladan quyidagilarni:
- aholiga servis xizmat ko‘rsatish sohasida kamida 5 yil tajribaga ega bo‘lish;
- so‘nggi 5 yil davomida ushbu yo‘nalishdagi moliyaviy resurslarning yillik aylanmasining minimal hajmi kamida 2 mlrd so‘mni tashkil etishi;
- oxirgi besh (5) yil ichida muvaffaqiyatli yakunlangan loyihalar ro‘yhati;
- ilovada taklif etilgan har bir xizmat ko‘rsatish loyihasi bo‘yicha bo'yicha tajriba tavsifi.
- Qoʻshimcha maʼlumot olish va loyiha bilan tanishish uchun, qonunchilikka muvofiq balans saqlovchi - Sirdaryo viloyati hokimligiga hamda +998 71 210 11 04 (1402). e-mail: a.erkaboev@mjko.uz murojaat etilishi.
- Qiziqish bildirishnomalarini ko‘rsatilgan elektron pochta manzillariga 31-iyundan kechiktirmay (muddat) topshirilishi kerak
Sirdaryo viloyati Sayxunobod A373 boyicha (PDF)
ЙЎЛ БЎЙИ МАВЖУД ВА ТАКЛИФ САЙХУНОБОД ВА МИРЗАОБОД (PDF)