“Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida boshlangan mazkur umumxalq xayriya hashari
Bugun erta tongdan mamlakatimizning barcha mahallalarida hashar tadbirlari boshlanib ketdi.
Xalqimizga xos boʻlgan doʻstlik, birdamlik, mehr-muruvvat, ozodalik kabi ezgu fazilatlar hashar kunlarida ayniqsa yorqin namoyon boʻladi.
Yana bir necha kundan soʻng mustaqilligimizga 33 yil toʻlishi munosabati bilan bayramni keng nishonlaymiz. “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida boshlangan mazkur umumxalq xayriya hashari eng ulugʻ va eng aziz ayyomni koʻtarinkilikda kutib olish uchun oʻziga xos tayyorgarlikdir.
Xususan, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi xodimlari ham ana shunday xayrli tashabbusda faollik koʻrsatdilar. Erta tongdan bino atrofidagi yashil hudud obod qiyofaga keltirilib, daraxtlar oqlandi, yoʻllar chiqindilardan tozalanib, tartibga keltirildi.



Hashar ham milliy qadriyatlarimizning yorqin namunasi sifatida odamlarda birdamlik, hamjihatlik tuygʻularini mustahkamlab keladi.
Istiqlolimizning 33 yillik bayrami arafasida respublika miqyosida boʻlib oʻtayotgan umumxalq hasharida vazirlik va uning tizim tashkilotlari, xususan, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi, "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi" DM ,“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi, “ “Kommunal loyiha ilmiy-tadqiqot instituti” DM xodimlarini bir yerda jamladi.
Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari doirasida vazirlik ishchi xodimlari tomonidan mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilib, vazirlik binosining atrof hududlari tozalanmoqda.




