UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

“Mahalliy aholining turmush darajasini oshirishda mahallaning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya

Ayni daqiqalarda Samarqand shahrining “Silk Road” majmuasida davlatimiz rahbarining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” g‘oyasi asosida “Mahalliy aholining turmush darajasini oshirishda mahallaning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Xalqaro tadbir dunyoning ko‘plab nufuzli tuzilmalari hamda 70 dan ortiq mamlakatlar ekspertlarini yagona platformada birlashtirdi.

Ayni tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ham ishtirok etmoqda.

Konferensiya ishi doirasida tashkil etiladigan sho‘balarda vazir o’rinbosari mamlakatimizning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tajribasi xususida taqdimot o’tkazishi rejalashtirilgan.