Marg‘ilon shahrining yangi bosh rejasi ishlab chiqilmoqda
2025-04-24
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-sonli qaroriga asosan Marg‘ilon shahrining yangi bosh rejasi “O‘zshaharsozlik LITI” bosh loyiha instituti tomonidan ishlab chiqilmoqda. Bugungi kunda “O‘zshaharsozlik LITI” DM bo‘lim boshlig‘i I.Xasanov boshchiligidagi mutaxassislar tomonidan yangilanayotgan Marg‘ilon shahar bosh rejasida:
- yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, sanoat zonasi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, ko‘kalamzorlashtirish va rekreatsiya zonalari, bino hamda inshootlarni joylashtirishda tarixiy zona va shaharning boshqa hududlarida joylashgan madaniy yodgorliklarning muhofaza zonalari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;
- energiya tejamkor zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali suv ta’minoti, oqova suv, irrigatsiya, elektr energiyasi, gaz, issiqlik va telekommunikatsiyalar ta’minoti obyektlarini modernizatsiya qilish;
- hududning shaharsozlik qiyofasini shakllantiruvchi mavjud maydonlar, obodonlashtirilgan xiyobonlar va bog‘larni rekonstruksiya qilish hamda yangilarini qurish orqali shaharning me’moriy qiyofasini yaxshilash;
- uy-joy, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat, san’at va dam olish obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash hisobidan ijtimoiy va turizm infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tiror qaratilmoqda.