UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Халқаро ҳамкорлик

Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarida tabiiy ofatlarning oldini olish mavzusida seminar

Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) hamda Qozogʻiston davlat tashkilotlari bilan birgalikda Qozog’iston davlatining Olmaota shahrida 16-19-aprel kunlari Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarida tabiiy ofatlarning oldini olish mavzusida seminar o’tkazilmoqda.  

Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish markazida tashkil etilgan tadbirda Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.

Tadbirda Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari o'rtasida barqaror qurilish muhitini takomillashtirish, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, tabiiy ofatlarni boshqarish, xavf-xatardan jamoatchilikni xabardor qilish tizimlari muhokama qilinmoqda.