UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Эълонлар

Markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlarining energiya samaradorligini oshirish loyihasi

Loyiha nomi: “Andijon, Chirchiq, Buxoro va Samarqand shaharlarining issiqlik markazlarida energiya samaradorligini oshirish loyihasi”.

  1. Loyihaning maqsadi va mo'ljallangan investitsiyalar. “Andijon, Chirchiq, Buxoro va Samarqand shaharlarining issiqlik markazlarida energiya samaradorligini oshirish loyihasi” (keyingi o‘rinlarda “Loyiha” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Jahon banki tomonidan birgalikda moliyalashtiriladi. Loyihaning maqsadi to‘rtta shaharning tajriba hududlarida (Andijon, Chirchiq, Buxoro va Samarqand)markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilishning namunali modelini yaratish va keyinchalik Respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etishdan iborat. Loyiha energiya samaradorligi va issiqlik ta'minoti xizmatlarining ishonchliligini, shuningdek, issiqlik va issiq suv ta'minoti sifatini oshirishga qaratilgan. Qozonxonalarning asosiy fondlarini tiklash va modernizatsiya qilish, zamonaviy va xavfsiz, tejamkor va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, xom ashyo va moliyaviy resurslardan samarali va oqilona foydalanish, issiqlik ta’minoti tashkilotlari faoliyati samaradorligini va issiqlik ta’minoti iste'molchilariga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish.
  2. Bu loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 306-sonli “Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlari markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-dekabrdagi 677/16-sonli “Andijon, Chirchiq, Buxoro va Samarqand shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlarining energiya samaradorligini oshirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror va O‘zbekiston Respublikasi va Jahon banki o‘rtasida 2018-yil 17-maydagi 6173-UZB kredit bitimi asosdir.

ENVIRONMENTAL IMPACT ASSESSMENT & ENVIRONMENTAL AND SOCIAL MANAGEMENT PLAN (PDF)

ATROF-MUHITGA TA'SIRNI BAHOLASH VA ATROF-MUHIT VA IJTIMOIY BOSHQARUV REJASI (DOC) "Норасмий таржима"