Mas’ullar Farg‘ona viloyatidagi ichimlik suv ta’minoti tizimini o‘rganishdi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Nodirjon Maksumov Farg‘ona viloyatida bo'ldi. Hududda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvni chiqarib yuborish tizimidan foydalanish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
Jumladan, Farg‘ona tumani “Oqtom” suv olish inshooti hamda “Mindonobod” suv taqsimlash inshootlarini ko‘zdan kechirib, kelgusida amalga oshirilishi lozim ishlar bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
So‘ng boshliq o‘rinbosari Farg‘ona shahrida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida bo‘lib, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi hamda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Hojiqo‘zi Isaqov va suv sohasi bo‘yicha mas’ul rahbarlar bilan uchrashib, kelgusida olib borilishi kerak bo‘lgan ishlarni muhokama qilishdi.
Shuningdek, Nodirjon Maksumov viloyat inspeksiyasi uchun qurib bitkazilgan ma’muriy bino bilan ham tanishdi.





