UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Mavzelar, dahalar, turar-joy binolari hududlariga kirish yo‘llari

Bilasizmi, mavzelar, dahalar, turar-joy binolari hududlariga kirish yo‘llari insonlarning hayoti va faoliyati muhitini nogironlar ehtiyojlari va aholining kam harakatlanuvchi guruhlarini hisobga olgan holda ShNQning talablariga muvofiq, loyihalanishi yoki qurilishi kerak.

  1. Transport yo‘llarining kesishmalarida hamda jamoat binolari va inshootlarining kirish joylarida tovushli signalizatsiya o‘rnatilishi lozim.
  2. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarning atrofidagi devorlardan 5 metr uzoqlikda uchastkaning turli tarafidan yong‘in-qutqaruv avtomobillarining kirishi uchun qattiq qoplamali yo‘llar ko‘zda tutilishi talab etiladi. 
  3. Kirish zonasidagi kengligi 2,5 m va undan ortiq bo‘lgan ochiq zinalarda qo‘shimcha ajratuvchi tutqichlar bo‘lishi kerak. 

Kirish yo‘llari bo‘lmagan binolarning old tomonlari bo‘ylab eni 6 m bo‘lgan o‘t o‘chirish mashinalari o‘tishiga yaroqli yo‘llarni barpo etish mumkin.