UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Mazkur rivojlanish yo'lidagi ishlar samaradorligini oshirishda albatta ishchi-xodimlarning malakasini oshirish katta ahamiyatga ega

 Qurilish va kommunal sohalaridagi keng islohotlar bugun mamlakatimizning har jabhasida o'zining ijobiy tomonlari bilan namoyon bo'lmoqda. Mazkur rivojlanish yo'lidagi ishlar samaradorligini oshirishda albatta ishchi-xodimlarning malakasini oshirish katta ahamiyatga ega. 

Shu ma'noda Davlatimiz rahbarining 151-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 460-son qaroriga asosan Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti tomonidan qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohalari vakillarini malakasini oshirish, yangi va zamonaviy ko'nikmalarni shakllantirish hamda malaka sertifikati bilan ta'minlash maqsadida o'quv kurslari tashkil etib kelinmoqda. 

Bugun institut vakillari Xorazm viloyatida bo'lib, Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi boshqarmasi xodimlari, hududiy nazorat qilish inspeksiyasi, "Yagona buyurtmachi xizmati" IK, pudrat va loyiha tashkilotlari vakillari, ko’p kvartirali uylarga xizmat kòrsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdilar.

Unda mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishning bugungi kundagi ahamiyati, sertifikatlashtirish tartibi va o’quv kurslari bo’yicha tashkiliy masalalar haqida so'z bordi. Shu bilan birga institutda tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida atroflicha ma'lumot berildi. 

Ta’kidlash lozimki, mutaxassislik sertifikatiga ega bo'lish xohishini bildirganlar ko'pchilikni tashkil qildi.