Mazkur rivojlanish yo'lidagi ishlar samaradorligini oshirishda albatta ishchi-xodimlarning malakasini oshirish katta ahamiyatga ega
Kommunal sohadagi keng islohotlar bugun mamlakatimizning har jabhasida o'zining ijobiy tomonlari bilan namoyon bo'lmoqda. Mazkur rivojlanish yo'lidagi ishlar samaradorligini oshirishda albatta ishchi-xodimlarning malakasini oshirish katta ahamiyatga ega.
Shu ma'noda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi, Bosh prokuratura, hokimlik mutasaddilaridan iborat guruh ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv organlarida faoliyat yuritayotgan elektriklar malakasini oshirish bo'yicha o’quv kursini tashkil etdi.
O’zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tashkil etilgan o’quv-amaliy mashg’ulotlarida Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi yuzlab elektriklar malakali mutaxassislar ishtirokida o’qitilib, tegishli sertifikatlarga ega bo’lmoqdalar. Shuningdek, tinglovchilarga amaliy mashg’ulotlarda zarur bilimlar berilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, bunday mashg’ulotlar boshqa yo’nalishlarda ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.