UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Халқаро ҳамкорлик

MDH MAMLAKATLARINING QURILISH SOHASI VAKILLARI BELORUSDA!

Joriy yilning 5-7-dekabr kunlari Belorus Respublikasining Minsk shahrida qurilish sohasida hamkorlik bo’yicha hukumatlararo kengashning 44-yig’ilishi o’tkazilmoqda. Ushbu tadbirda MDHga a'zo davlatlarning qurilish sohasiga oid vazirlik va idora vakillari, qator institutlar mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Kuni kecha mazkur tadbir doirasida Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Belorussiyaning Qurilishda texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish markazi (Стройтехнорм) hamda Qozog'iston qurilish va arxitektura ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti (КазНИИССА) rahbariyati va mas'ullari ishtirokida uchrashuv o’tkazildi.

Muloqotda joriy yilda ishlab chiqilgan va modernizatsiya qilingan qurilish normalari va standartlar, BIM texnologiyalari hamda sohadagi boshqa yangiliklar boʻyicha fikr hamda mulohazalar almashildi. 
Shuningdek, o'zbekistonlik ekspertlar Belorus Respublikasining Qurilishda texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish markazi laboratoriyasiga ham tashrif buyurib, kelgusi hamkorlik masalalariga doir bir qancha yo’nalishlar boʻyicha o'zaro kelishuvlarga erishildi.