UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

MDHning qurilish sohasi bo‘yicha 45-hukumatlararo kengashi Yekaterinburgda o‘tkazildi

MDHning qurilish sohasi bo‘yicha 45-hukumatlararo kengashi Yekaterinburgda o‘tkazildi
 
Joriy yilning 1-4-oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida “Jahon qurilish haftaligi 2024” hamda MDHga a’zo davlatlarning qurilish sohasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo kengashi yig’ilishi bo'lib o'tmoqda.
 
Unda Vazirlik huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti hamda Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi rahbariyati ishtirok etmoqda.
 
Kuni kecha bo’lib o’tgan hukumatlararo kengashda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
 
- 2021-2025-yillarda MDH davlatlari tomonidan tasdiqlangan strategiyalariga muvofiq amalga oshirilgan ishlari tahlili; 
- 2026-2030-yillarda qurilish sohasida yangi texnologiyalarni joriy qilish, texnik me’yorlash tizmini takomillashtirish hamda qurilishda seysmik xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyasi loyihasi; 
- qurilish sohasida narxlarni shakllantirish.
 
Shuningdek, ushbu kengashda institut direktori Sh.Sodiqov "Yevrokodlarni har bir davlatning milliy manfaatlarni hisobga olgan holda implementatsiya qilish: ahamiyati va to‘siqlari" mavzusida ma'ruza qildi.