Mirobod tumanida ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari davom etmoqda
Chexov ko‘chasi 10-ko‘p qavatli uyning tom qismi to‘liq ta’mirdan chiqarildi.
Mirobod tumanida ko‘p qavatli uylarni 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida joriy yil 35 265 kv m tom qismini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunda 28 065 kv m tom qismi mukammal ta’mirdan chiqarilgan.
177 461 kv m tom qismini joriy ta’mirlash reja qilingan, amalda 173 326 m kv tom qismi joriy ta’mirlangan.
Bugungi kunda tumanda ko‘p qavatli uylarning tom qismi, uylarning yon devorlari, yerto‘lalar, liftlar, muhandislik tarmoqlari, isitish tizimlari va kirish yo‘laklarini ta’mirlash singari ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.




