UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Monitoring ishlaridan so'ng vazir o‘rinbosari Toir Alimatov boshchiligida 50 nafardan ortiq qoraqalpog’istonlik tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Monitoring ishlaridan so'ng vazir o‘rinbosari Toir Alimatov boshchiligida 50 nafardan ortiq qoraqalpog’istonlik tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda dastlab hududlarda qurilayotgan ijtimoiy soha obyektlari hamda “Yangi Oʻzbekiston” massivlaridagi amaliy ishlar ko’rib chiqildi. 

Uchrashuvda viloyat, tuman va shahar boshqarmalari, Qoraqalpog'iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi mas’ullari, shuningdek, quruvchi va pudratchilar ishtirok etishdi. 

Yig‘ilishda har bir tadbirkor bilan suhbatlashilib, ular duch kelayotgan muammolar tinglandi va mas'ullar bilan birga bartaraf etish choralari tahlil qilinib, aniq vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, quruvchi-tadbirkorlarga obyektlarda qurilish madaniyatiga amal qilish, xavfsizlik texnikasi qoidalarini unutmaslik, ishchilarni maxsus ust-bosh bilan ta'minlash masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligi tushuntirildi.

Yig’ilish so'nggida  mutasaddilarga tadbirkorlarning sohaga doir masalalari tegishli tartibda bartaraf etilishiga ko'mak berish va belgilangan vazifalarni o'z vaqtida bajarish bo'yicha zarur ko'rsatmalar berildi.