UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

MUAMMO BARTARAF ETILADI

Buxoro shahar “Zulfiya” ko‘chasi 9/2-uy kapital ta’mirga tushgani ammo katta ko‘chadan ichkarida bo‘lgani uchun ta’mirlash ishlari nomiga va sifatsiz olib borilayotgani tanqid ostiga olingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Haqiqatan ham, mazkur manzilda ish boshlagan pudratchi tashkilot o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan qaragani aniqlangan. Natijada buyurtmachi hamda pudratchi tashkilot o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga kelib, hozirda jarayonga boshqa pudratchi tashkilotni jalb etish ishlari tashkil qilinmoqda. Ta’mirlash yakunlari bo‘yicha yana ma’lumot taqdim qilinadi.