UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Muammo joyida atroflicha o'rganildi

Toshkent shahar Yunusobod tumani 13-mavze “Ahilobod” MFY “Mega Tower” turar-joy majmuasi yonidagi buzilgan eski bino hududi “ART-ZAL BARAKA BIZNES” MChJ tomonidan profnastil bilan o’rab olingan bo’lib, qurilish ishlari boshlanmaganligi hamda  mazkur hududda qurilish ishlarini boshlash uchun Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspektsiyasida ro’yxatga olinmaganligi aniqlandi.  

MChJ ma’muriyati tomonidan o’rab olingan hudud haqida surishtiruv olib borilganida mazkur hudud yuridik jihatdan o’zlariga tegishli ekanligi, qurilish ishlarini barcha tegishli ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilganidan keyin belgilangan tartibda ish boshlashi mumkinligini bildirishdi. 

Shu bilan birga “ART-ZAL BARAKA BIZNES” MChJ mas'ullariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-fevraldagi “Aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari qat’iy bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 41-sonli qaroridagi talablar bo’yicha harakat qilishlari majburiy ekanligi tushuntirildi.