UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

MUNOSABAT

Telegram messenjeri orqali tarqalgan xabarlarda o'zini Qurilish vazirligi xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro A.R. murojaati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan o'rganildi. 

Aniqlangan ma'lumotlarga ko'ra Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan 2020-yilning dekabr hamda 2021-yilning yanvar oylarida vazirlik Markaziy apparati xodimlari uchun 27 dyumli HP, ACER markali yangi, zamonaviy kompyuterlar xarid qilingan va barcha xodimlar ushbu kompyuterlar bilan ta'minlangan. 

Shuningdek, hududiy bo'limlar uchun 2020-2021-yillarda jami 400 dan ortiq kompyuter jamlanmalari xarid qilingan va taqsimlangan. 

Kompyuter uskunalarida biror nosozliklar uchragan taqdirda ham ular vazirlik tasarrufidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi xodimlari tomonidan o'z vaqtida bartaraf etiladi. Moddiy-texnik ta'minot masalasida kadrlardan biror murojaat qayd etilmagan.