MUNOSABAT
2023-08-01
Facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali tarqalgan Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligining orqa hovlisidagi holat aks etgan video vazirlik tomonidan oʻrganildi.
Gap shundaki, ushbu video tasvirga olingan vaqtda binoning ichki va tashqi qismida taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotgan boʻlgan. Shu bois ayrim maishiy chiqindilar vaqtincha bino hovlisiga chiqarib tashlangan. Videoda aks etgan holat zudlik bilan bartaraf etildi. Hudud maishiy chiqindilardan tozalanib, hovli tartibga keltirildi.