MUNOSABAT
"Mening yurtim" telekanali "Markaziy studiya" ko'rsatuvi orqali Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani "Yangi davr" ko'chasidagi uylar avariya holatida ekanligi bo'yicha efirga uzatilgan videolavha yuzasidan quytidagilarni ma'lum qilamiz:
Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyasi tomonidan fuqaro E.Toʻxsanovga tegishli Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani "Ozod" MFY hududi Yangi davr ko'chasida joylashgan 6 qavat, 4 xona 6 sotihdan iborat 48-uy qurilish jarayonlari oʻrganildi. Obyekt buyurtmachi “Qishloq qurilish invest” MCHJ tomonidan 2012-yilda qurilgan va 2020-yilga kelib binoning asosiy poydevorlarida choʻkish va tashqi devorlarda 3-4 sm yoriqlar, shuningdek, ichki parda devorlar (perigarodka)da vertikal 2-3 sm yoriqlar mavjudligi aniqlandi. Shu bilan birga o'rganishlar davomida uy-joy qurilishining ishchi loyihasida tashqi beton suv latoklari inobatga olinmaganligi hamda oʻrnatilmaganligi ayon bo'ldi. Obyektning tom tarnovlaridagi yomgʻir suvlari bino poydevor atrofiga yigʻilishi oqibatida unda va asosiy devorlarda choʻkish hamda yoriqlar vujudga kelgan. Inspeksiya tomonidan yuqoridagi holatlar yuzasidan Zilzilaviy hududlarda qurilishning tegishli bandi va talablariga asosan obyektga litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotni jalb qilgan holda instrumental texnik koʻrikdan oʻtkazilishini ta'minlash hamda binoning yakuniy xulosasini olish tavsiya etiladi.