MUNOSABAT
Telegram messenjerida tarqalgan Qoʻqon shahar 54-“Shirin” MFY A.Navoiy mavzesida 22 hamda 23-koʻp qavatli turar-joy binolari orqa qismida olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan oʻrganilganda quyidagilar aniqlandi:
Qurilish ishlari “MARRAKESH HOUSE N70” MCHJ tomonidan olib borilayotganligi maʼlum boʻldi.
Qoʻqon shahar Qurilish boʻlimi tomonidan U.Nosir koʻchasi 1a-uyda SHNQ va QMQ talablari hamda tasdiqlangan loyiha asosida mavjud binolar oʻrni va boʻsh yer maydonida koʻp qavatli turar joy binolari, “EKO BOZOR” va savdo, maishiy xizmat koʻrsatish majmuasi qurish uchun 2022-yil 26-aprelda ruxsatnoma berilgan. Ushbu ruxsatnomaga asosan Fargʻona viloyati qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 12-mayda ART (arxitektura rejalashtirish topshirigʻi) ishlab chiqilib, “IZZATBEK” MCHJ tomonidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangan. “Bunyodkor Yoshlar 2020” MCHJ tomonidan 2022-yil 22-dekabrda ekspertiza xulosasi olingan.
Fargʻona viloyati Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining ham 2022-yil 9-sentabrda xulosasi olingan.
Ammo ushbu obyektning qurilish-montaj ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 200-son qarorining 5-ILOVASI “Qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning MAʼMURIY REGLAMENTI”ga zid ravishda boshlab yuborganligi maʼlum boʻldi. Shu sababli inspeksiya tomonidan qurilish-montaj ishlarini toʻxtatish toʻgʻrisida 2023-yil 28-iyulda ogohlantirish xati berilib, obyektda qurilish bugungi kunda toʻxtatilgan.