UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

MUNOSABAT

Poytaxtimizning Yunusobod tumani Markaz-6 mavzesida joylashgan “Arabboy” MChJga tegishli bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy va ko‘p qavatli avtomototransport vositalarini saqlash joyi bo‘yicha Toshkent shahar hokimining 2014-yil 4-avgustdagi 651-sonli qarori asosida yer maydoni olingan.

Shuningdek, Toshkent shahar Arxitektura va Shaharsozlik kengashining 2018-yil 26-yanvardagi bayonnomasi va “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan 2019-yil 23-dekabrdagi ishchi loyiha bo‘yicha yig‘ma ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgan. 

O‘z o‘rnida 2020-yil 6-yanvarda o‘rnatilgan tartibda inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tgan va unda belgilangan tartibda tizimli nazorat o’rnatilgan. 

Hozirgi kunda buyurtmachining moliyaviy hamda boshqa sabablariga ko‘ra qurilish obyektida qurilish-montaj ishlari to‘xtab qolganini ma'lum qilamiz.