UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Munosabat

Toshkent shahri Yangihayot tumanida yashovchi 2-guruh nogironi bo‘lgan fuqaro ijtimoiy tarmoq orqali vazirlik mas’uli qabuliga yozilgani, ammo qabulga kirolmasdan qaytgani haqida ta’kidlangan holat yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi. 

Xabar berib kelayotganimizdek, haftaning juma kunlari vazir òrinbosari Ozoda Jórayeva tomonidan aholining kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilinib kelinadi. Murojaatchi haqiqatan ham vazirlik boshqarma boshliğiga ijtimoiy tarmoq orqali boğlangan. Mas’ul haftaning juma kuni qabulga kelishi mumkinligini bildirgan. Shundan sòng murojaatchi juma kuni kelgan, boshqarma boshliği telefon raqamiga boğlana olmay qaytib ketgan. 

Vazirlikda ótkazilgan rahbariyat qabulida barcha murojaatchilar, aksariyat hollarda qabulga yozilmagan fuqarolar ham qabul qilinadi.

Shuningdek ta’kidlash lozimki, murojaatchi 29-mart kuni bòlib ótgan qabulga kelgani, muammosi yuzasidan vazirlik mas’ullari bilan uchrashganini ma’lum qilamiz.