MUNOSABAT
“Potrebitel_bukhara” telegram kanali orqali fuqarolarning noroziligiga sabab boʻlayotgan Kogon shahar M.Tarobiy koʻchasi hududidagi egallangan (atrofi profnastil bilan oʻrab olingan) yer maydoni Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan joyiga borib, o'z vakolati doirasida oʻrganilganida quyidagilar aniqlandi:
Kogon shahar Bunyodkor MFY M.Tarobiy koʻchasi hududida fuqaro J.Odinayevga birinchi qavatida savdo maishiy va servis xizmat koʻrsatish hamda yuqori qavatlarida turar-joy binolari qurilishi uchun Kogon shahar hokimining 2018-yil 29-iyundagi qaroriga asosan 400,0 kv. metr yer maydoni ajratib berilgan.
Shundan soʻng fuqaroning davlat xizmatlari markazi orqali qilgan murojaatiga asosan Buxoro viloyati Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2018-yil 7-sentabrda Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi tayyorlab berilganligi aniqlandi.
Hozirda fuqaro tomonidan qurilish ishlarini boshlash uchun zarur boʻladigan boshqa hech qanday huquqiy tusdagi hujjatlar yaʼni obyektning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, tegishli tartibda tashkilotlar bilan kelishilmaganligi, nazorat inspeksiyasidan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun roʻyxatdan oʻtmaganligini bildiramiz.
Mazkur yer maydonida bugungi kunda hech qanday qurilish-montaj ishlari olib borilmagan va faqat ajratilgan yer maydoni atrofi profnastil bilan oʻrab olingan, holat nazoratga olingan.