UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

MUNOSABAT

Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi facebook ijtimoiy tarmog'ida tarqalgan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

O'rganish ishlari davimida Yunusobod tumani 15-mavze 26 a-uy manzilida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari “HI TECH TOWER” MChJga tegishli bo’lib, mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan "ko’p qavatli turar-joy binosini qurish" obyektida tegishli shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, loyiha-smeta hujjatlarini tegishli organlar bilan kelishilmasdan va tasdiqlangan ishchi loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda yig’ma ekspert ijobiy xulosasini olmasdan hamda hududiy nazorat inspeksiyasini xabardor qilish tartibi orqali belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tmasdan qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi aniqlangan.

Mazkur muammo yuzasidan moliyalashtirish manbalaridan qat’iy nazar qurilish obyektlariga subyektning moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga aralashmagan holda hech qanday to’siqsiz kirish hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlari mavjudligi va shaharsozlik me’yorlari hamda qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan qisqa muddatli tekshirish olib borilib, tekshiruv jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo’yicha joriy yilda “HI TECH TOWER” MChJ rahbariga bajarilishi majburiy bo’lgan yozma ko’rsatmalar berilgan. 

Shuningdek, qurilish-montaj ishlarini o’zboshimchalik bilan nazorat inspeksiyasini xabardor qilmasdan boshlab yuborganligi sababli MChJ rahbariga nisbatan O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi Kodeksning 99-moddasining 7-bandiga asosan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shu bilan birga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan sud organlariga da’vo arizasi kiritish uchun Yunusobod tuman hokimligiga tegishli xat yuborilgan.

"HI TECH TOWERS" MChJ tomonidan qurilish-montaj ishlarini to’xtatib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qaroriga asosan o’z hisobidan noqonuniy qurilmani bartaraf etish bo’yicha dalolatnoma shakllantirilgan hamda 15 kun muddat berilgan, ammo MChJ tomonidan belgilangan muddatda noqonuniy qurilma bartaraf etilmaganligi sababli 2023-yil 25-martda ish hujjatlari bilan chora ko’rish yuzasidan Yunusobod tuman hokimiyatiga xat yuborilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur obyekt hozirgi kunda qonun hujjatlarida belgilangan tartib va qoidalarga amal qilmaganligi sababli hududiy inspeksiya tomonidan noqonuniy qurilmani buzdirish yuzasidan sud organlariga da’vo arizasi kiritish choralari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.