UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda  Andijon viloyati Andijon shahar "Yoyilma" MFY 1-kichik daha bo‘yicha e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Mutaxassislar tomonidan mahalladagi 4,5-sonli yangi qurib bitkazilgan ko‘p qavatli uylar o‘rganildi. Unga ko‘ra,  “Yangi davr media” MCHJ tomonidan 2020-yilda foydalanishga topshirilgan mazkur uylarning lift moslamasi to‘liq o‘rnatilmaganligi, kirish yo‘laklarida qurilish ishlari yakuniga yetkazilmaganligi uchun hududda tashkil etilgan “Shinam mahalla” boshqaruv servis kompaniyasi tasarrufiga qabul qilinmagan.

Shuningdek,  “BATSION” kanalida ma’lum qilingan ko‘p qavatli bino Andijon shahar 1-kichik daha, Nodira ko‘chasida joylashgan bo‘lib “Yangi Davr media” MCHJ tomonidan 2020-yil qurib bitkazilgan. Ijtimoiy tarmoqda ma’lum qilingan ko‘p qavatli turar joyda borib o‘rganilganda pudrachi tomonidan lift qo‘yish ishlari boshlanganligi va tez orada montaj ishlarini yakunlashi ma’lum bo‘ldi. Hozirda lift uchun elektor simlarini tortish va 1-qavatda lift eshiklarini o‘rnatish ishlari boshlangan.