UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

MUNOSABAT (Andijon shahri S.Zunnunova mahallasi hududida olib borilayotgan qurilish)

Telegram ijtimoiy tarmog‘ining “Soyadagi siyosatchilar” kanalida "Andijon shahri S.Zunnunova mahallasi hududida olib borilayotgan qurilish qonuniymi", mavzusidagi tanqid Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.

Jarayonda fuqaro A.Sobirov tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.

Shu bois O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga hamda “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 60-moddasi tegishli qismlariga asosan fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilayotgan binoning qurilish-montaj ishlarini nazorat qilish va foydalanishga qabul qilish hududiy inspeksiyaning vakolatiga kirmasligini ma’lum qilamiz.