UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

MUNOSABAT ("Yangi Andijon" massivlari bilan bog'liq tanqidiy holat)

Kuni kecha “Bastion” telegram kanali orqali e'lon qilingan "Yangi Andijon" massivlari bilan bog'liq tanqidiy holat yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi. 

Mazkur koʻp qavatli bino buyurtmachi “RMI EMPIRES” MCHJ tomonidan 2022-yilning mart oyida “Yangi Andijon” massivida B qatorda qurilgan va Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiya roʻyxatidan oʻtkazilgan. 

2022-yilning dekabr oyigacha pudratchi tashkilot tomonidan V-1 uyda qurilish-montaj ishlari tugatilib, foydalanishga topshirilgan. Oʻrganish davomida binoning 3-qavatida yashovchi fuqaroning sanuzeli shiftidan suv (chakka) oʻtayotgani va shaxtadan binoning yerto‘la qismigacha tushayotgani maʼlum boʻldi. Suv plastik quvuri yorilishining sababi esa binoning 4-qavatida yashovchi fuqaro yangi boyler (ARISTON) oʻrnatganligi va suv harorati koʻtarilishi hisobiga qayta kuchli bosim hosil boʻlganligi yuzasidan kelib chiqqani maʼlum boʻldi. 

Hozirda mazkur muammolarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarni jalb etish choralari ko'rilayotganligini ma'lum qilamiz.