UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

“MUNOSIB MEHNAT – BARQAROR JAMIYAT GAROVI” mavzusida seminar

Ayni paytda Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “MUNOSIB MEHNAT – BARQAROR JAMIYAT GAROVI” mavzusida seminar boʻlib oʻtmoqda.

Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi mas’ullari, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakillari, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda Oʻzbekiston transport, yoʻl va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi aʼzolari ishtirok etishmoqda.


Avvalo Kasaba uyushmasi tashkilotlarining oldida turgan strategik maqsad, ya’ni ishlaydigan shaxs va uning oilasiga iqtisodiy erkinlikni taʼminlovchi, inson qadrini kamsitmaydigan sharoitda mehnat qilib rivojlanish, dam olish va o’z sohasiga doir yutuqlardan foydalanish imkonini beruvchi munosib ish haqi toʻlanishiga erishish, shuningdek, xodimlarning ish haqi va daromadlarini yuksaltirishga koʻmaklashishdan iboratligi haqida so’z yuritildi.

Shuningdek, 7-oktabr –“Butunjahon munosib mehnat kuni” 2008-yilda Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan boʻlib, mazkur seminar ushbu kun munosabati bilan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda oʻtkazilayotgani ma’lum qilindi.

Jumladan, tadbirda ta’kidlanganidek, bugun mamlakatimizda ham davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiy hamda ijtimoiy taraqqiyotning barcha jabhalarida ulkan oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar sababli aholi farovonligi muttasil yuksalib, iqtisodiyot tarmoqlari tubdan oʻzgarmoqda, faol fuqarolik jamiyati shakllantirilmoqda.

Xususan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi mamlakatimizning yaqin yillardagi taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy hujjatdir va unda ijtimoiy sohani toʻliq isloh qilish, aholiga oʻz  mehnat va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratish koʻzda tutilgan.


Kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi VIII Qurultoyi qarorlarida, shuningdek, Federatsiyaning 2021-2025-yillarga moʻljallangan Strategik yoʻnalishlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mazkur samarali islohotlar doirasida Oʻzbekiston transport, yoʻl va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi oʻrtasida 2023-2025-yillar uchun Tarmoq jamoa kelishuvi tuzilgan boʻlib, unga asosan  tuzilayotgan jamoa shartnomalari orqali tizim xodimlari muntazam ravishda qoʻllab-quvvatlab kelinmoqda.  


Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi mas’ullari seminar davomida ta’kidlaganidek, tizimdagi barcha jamoa shartnomalarida davolanishga, nikoh toʻyi, yaqin qarindoshlari vafot etganda, nafaqaga chiqayotganda, oilaviy ahvoli munosabati bilan bir yoʻla moddiy yordam berish, xomilador ayollarning xomiladorlik va tugʻish taʼtillari kunini uzaytirish, taʼtilga chiqayotganda hamda qishloq xoʻjalik mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy yordam koʻrsatish kabi bandlar nazarda tutilgan.                   

Ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda Kasaba uyushma qoʻmitasining roziligini olish  va mehnat jamoasida madaniy-maʼrifiy hamda sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarni oʻtkazish, ishlovchilarni sanatoriy-profilaktoriylarda sogʻlomlashtirish uchun kasaba uyushma qoʻmitasi hisob raqamiga ish beruvchilar har oyda oylik ish haqi fondining 1% miqdorida mablagʻ oʻtkazishi kabi bandlar kiritilgan.


Shuningdek, tizimdagi jamoa shartnomalarida asosiy uzaytirilgan taʼtillar belgilangan boʻlib, ularning muddati oʻrtacha 24-30 kalendar kunni tashkil etmoqda. Xususan, tizimdagi barcha xodimlar uchun munosib mehnat tamoyillari keng koʻlamda tadbiq etib kelinmoqda.

Bundan tashqari tarmoq tizimidagi korxonalarda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga rioya etilishi nazoratga olingan va oʻz tarif setkalari orqali oshirilgan tarif koeffitsiyentlari joriy etilgan. Shuningdek, korxona va tashkilotlarda jamoa shartnomalari tuzilib, ekspertizadan oʻtkazilgan va roʻyxatga olingan. Har yili esa jamoa shartnomalari bajarilishi yakunlariga bagʻishlangan mehnat jamoalarining umumiy yigʻilish (konferensiya)larini oʻtkazish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Seminar talabalar va mutaxassislar ishtirokida bahs-munozalar bilan birga qizg’in davom etmoqda.

Albatta bu singari tadbirlar barqaror ijtimoiy-iqtisodiy oʻsish, ishchanlik faolligi va aholining hayot darajasi hamda farovonligini oshirishning muhim omillaridan biridir. Zero, munosib mehnat – farovon jamiyat asosidir.