MUROJAATLAR QONUN DOIRASIDA KO‘RIB CHIQILDI
Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida vazirlikning Pudrat bozori va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i Bahodir Karimov boshchiligidagi mas‘ullar ishtirokida qurilish sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Sayyor qabulda ko‘p qavatli uylarni qurishda uchrayotgan muammolar, turar joyni noturarga o‘zgartirish, xususiy maktab qurishga ruxsat, qurilish materiallari ishlab chiqish tsexi uchun yer maydoni ajratilishi kabi murojaatlar yuzasidan qonun doirasida o‘rganilib, yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Ochiq va konstruktiv muloqotda viloyatda amalga oshiriladigan yangi loyihalar, qurilish sohasidagi mavjud muammolar soha vakillarining yangi taklif va loyihalari muhokama qilindi.




