UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning barcha hududlarida ijtimoiy, iqtisodiy va sanoat sohalari obyektlari, turar joylar foydalanishga topshirilmoqda

Eng ulug‘ va eng aziz ayyom – mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning barcha hududlarida ijtimoiy, iqtisodiy va sanoat sohalari obyektlari, turar joylar foydalanishga topshirilmoqda.

Xususan, bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining yangi o‘quv binosi, Termiz davlat universitetida 700 o‘rinli talabalar turar joyi, 750 o‘rinli Ilmiy-tadqiqot markazi hamda sport majmuasi foydalanishga topshirildi.

Ma'lumot uchun, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining yangi o‘quv binosi 1000 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 38,6 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Unda 6 ta yo‘nalish talabalari tahsil oladi. Ular uchun o‘quv binoda 8 ta ma’ruza, 10 ta seminar-amaliy, 28 ta laboratoriya mashg‘ulot va 1 ta robotatexnika xonalari tashkil etilgan. Shuningdek, “Ilg‘or muhandislik maktabi”, Geologiya muzeyi, Ilmiy Kengashlar zali, intelektual o‘yinlar va munozara debat klubi ham ushbu binoda joylashadi.

Termiz davlat universitetidagi 700 o‘ringa mo‘ljallangan 9 qavatli talabalar turar joyining umumiy qiymati 31 mlrd so‘m bo‘lib, 50 foiz davlat subsidiyasi va 50 foiz universitet mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan.

Ilmiy-tadqiqot markazini 7 qavatli 750 o‘rinli binosining umumiy qiymati esa 26,6 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, eng zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlangan, kurash hamda dzyudo sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport majmuasi esa 3,4 mlrd so‘mga barpo etildi.