“Mustaqillik kubogi” g‘oliblari aniqlandi
Kuni kecha poytaxtimizdagi “Zakovat arena”da vazirlik va idoralar xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha "Mustaqillik kubogi" bo‘lib o‘tdi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi mas'ullari ham faol ishtirok etishdi.
Mazkur musobaqada davlat idoralarida faoliyat yuritayotgan yoshlarning mantiqiy fikrlashi, bilim darajasi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Musobaqa yakunida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi “Mustaqillik kubogi” g‘olibi deb topildi.
Bunday musobaqalar davlat xizmatchilari o‘rtasida intellektual muhitni yanada oshiradi.