Mutasaddilar Navoiy viloyati Qiziltepa tumanining "Malikobod" mahallasida bo‘lib, "Yangi O‘zbekiston" massivining ikkinchi bosqich qurilish ishlari rejasi bilan tanishdilar
Mutasaddilar Navoiy viloyati Qiziltepa tumanining "Malikobod" mahallasida bo‘lib, "Yangi O‘zbekiston" massivining ikkinchi bosqich qurilish ishlari rejasi bilan tanishdilar.
Massiv uchun 20 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, bu yerda jami 2 000 dan ortiq xonadonli 60 ga yaqin ko‘p qavatli uylar, maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti, oilaviy poliklinika, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari, istirohat bog‘i, ichimlik suvi, elektr, tabiiy gaz, issiqlik ta’minoti obyektlari, kanalizatsiya tarmog‘i hamda ichki yo‘llar qurilib, foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Loyihaning birinchi bosqichida 200 xonadonli 8 ta uy qurilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichida 7 ta 9 qavatli uylar aholiga taqdim etiladi.
Mas'ullar ishlarni sifatli bajarish, massiv hududidagi bo‘sh turgan yer maydonlarida "Yashil makon" loyihasi doirasida qo‘shimcha bog‘ barpo etish kabi vazifalarni belgilab olishdi.