NAMANGAN: TADBIRKORLAR FAOLIYATI VA MUROJAATI VAZIRLIK E'TIBORIDA
Xabar berib kelayotganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas'ullari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida faoliyat yurituvchi qurilish-pudrat va loyiha tashkilotlarining, BSK vakillarining sohaga oid masala va takliflari tinglanmoqda. Bugun rejaga ko'ra 30 nafardan ziyod namanganlik tadbirkorlarning murojaatlari onlayn tartibda qabul qilinadi va muammolar yechimi bo'yicha manzilli vazifalar belgilab olinadi.
Start olgan ochiq muloqotni olib borayotgan vazir o'rinbosari Davronjon Adilov tomonidan yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, tadbirkorlik rivojiga qaratilayotgan e’tibor hayotimizning barcha jabhalarida yangilanish va tub o‘zgarishlarga zamin hozirlagani ta'kidlandi. Shu sababli tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar bugun vazirlik mutassaddilarining e'tibori markazida ekani bildirildi.
Ochiq muloqot davomida tadbir ishtirokchilari tomonidan loyihalash, qurilishga ruxsat olish, raqamlashtirish yo'nalishlarida turli murojaatlar bildirildi. Xususan, loyiha tashkiloti vakillaridan biri ijtimoiy soha obyektlarini loyihalashda ayrim amaldagi qo'llanmalarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish taklifini ilgari surdi. Boshqa loyihachi tomonidan esa Investitsiya dasturi doirasidagi obyektlarni loyihalashda mablag' limitlari bilan bog'liq masala yuzasidan vazir o'rinbosariga murojaat qilindi.
Tadbirda ishtirok etayotgan ko'p kvartirali uylarni boshqaruvchi tashkilot vakillari tomonidan billing tizimidagi ayrim masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.





