UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Namangan viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi (monitoring ishlari)

Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan qurilish ishlari bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha monitoring davom etmoqda.

Navbatdagi nazorat tadbiri Yangi Namangan tumanida “Proyekt servis” MCHJ loyihasi asosida quruvchi “Olmos Uychi” XK tomonidan bunyod etilayotgan Onkologiya markazi Namangan filiali binosida o‘tkazildi.

Nazorat tadbirida quruvchi tomonidan ishchilar maxsus kiyim-bosh bilan taʼminlanmagani, o‘rnatilgan beton plitalarni ora yopma qismini yopishda sifatsiz ish bajarilgani sababli teshik va yoriqlar borligi hamda monolit temir betonlarning mustahkamlik parametri bo‘yicha ijobiy laboratoriya xulosalari olinmaganligi aniqlandi.

Mazkur kamchiliklar joyida bartaraf ettirilib, beton plitalarning ora yopma yoriqlari qayta montaj qildirildi, ishchilarni maxsus forma bilan taʼminlash va tegishli laboratoriya xulosasini olish bo‘yicha mas'ullarga yozma ko‘rsatmalar berildi.