UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitioring ishlari

Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ko‘p qavatli uylar qurilishida shaharsozlik qoidalari talabi bajarilishi yuzasidan monitoring ishlari olib borilmoqda.

 Xususan, Davlatobod tumani hududida o‘tkazilgan o'rganish natijasida tumanning “Orzu” MFY hududida "Sardorbek-Arslonbek" MCHga tegishli ko‘p qavatli turar-joy inspeksiyadan ro'yxatdan o'tmasdan o'zboshimchalik bilan qurilayotganligi aniqlandi.  

Inspeksiya tomonidan mazkur obyektda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatish bo‘yicha ogohlantirish berilib, qurilishning mas'ul shaxslariga  MJTKning 99-modda 7-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda hududiy inspeksiyadan ro'yxatdan o'tgunga qadar qurilish ishlari to'xtatildi.