UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (monitoring ishlari)

Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ro'yxatdan o'tmagan qurilish obyektlarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha monitoring ishlari davom etadi.

Yangi Namangan tumani "Oromgoh" MFY  hududida fuqaro A.Fazliddinov tomonidan 3 qavatli turar joy binosining qurilishi inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirilayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan inspeksiya mutaxassislari tomonidan buyurtmachiga  qurilishni to'xtatish bo'yicha yozma ko'rsatmalar berildi hamda obyekt ro'yxatdan o'tgunga qadar unda qurilish ishlari to'xtatildi.