UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Namangan shahri “Sharq tongi” MFY Chorsu dahasi Samarqand koʻchasida yashovchi fuqarolar tomonidan uy qurilishiga rozi emasliklari bildirilgan.

Murojaat yuzasidan Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan oʻrganish olib borildi.

Hududda “Zafar plast” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 9 qavatli savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalarini oʻz ichiga olgan turar-joy binosi qurish ishlari olib borilmoqda.

Oʻrganishda MCHJ masʼullari tomonidan uy-joy qurishdan avval ushbu hududda yashovchi 6 ta xonadon egalari bilan yashab turgan hovli-joylarini kelishuv bitimi asosida olgani aniqlnadi. Bitimga koʻra hovli egalariga koʻp qavatli xonadon qurilishi tugagaganidan soʻng xonadon berish koʻzda tutilgan. Shundan soʻng MCHJ mas'ullari tomonidan hujjatlarni qonun talablariga muvofiq rasmiylashtirish uchun 2023-yil sentabr oyida hududiy nazorat qilish inspeksiyasiga topshiriishgan va obyekt belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan.

Xususan, jarayonda qurilayotgan koʻp qavatli xonadonning loyiha smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan qizil chiziq murojaatchilar xonadonlariga taʼsir qilmasligi shuningdek, videomurojaat qilgan fuqaro xonadoni bilan qurilish obyekti orasida mahallaga kiruvchi 6 metrdan iborat yoʻl mavjudligi aniqlandi. Boshqa moliyaviy munosabatlar bois yuzaga kelgan kelishmovchiliklar esa sud orqali yechim topishi tushuntirildi.