UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Namangan viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi tomonidan oʻquv seminari tashkil etildi.

Unda  sohaga oid normativ huquqiy hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirishlarning mazmun-mohiyatiga eʼtibor qaratildi. Xususan, ushbu  hujjatlar bilan ishlash yuzasidan huquqiy savodxonlikni oshirish ustuvor masala ekanligi alohida taʼkidlandi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ijrosini  taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarorlari ijrosidan kelib chiqadigan vazifalar ishtirokchilarning diqqat markazida boʻldi.