Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida Namangan muhandislik qurilish instituti talabalari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etilidi
Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida Namangan muhandislik qurilish instituti talabalari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etilidi.
Jarayonda qurilishni nazorat qilish va unga tayyorgarlik koʻrish ishlari, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, obyektni foydalanishga qabul qilib olish davrida qonun hujjatlari hamda SHNQ talablariga rioya etilishi yuzasidan malakali mutaxassislar tomonidan talabalarga tushunchalar berildi.
Shu bilan bir qatorda ishtirokchilarga inspeksiya boʻlimlarining faoliyati, laboratoriyada armatura sterjenlarining choʻzilishga mustahkamligini aniqlash, sopol gʻishtlarning siqilishga chidamliligini tekshirish jarayonlari amaliy tarzda koʻrsatib berildi.





